Kalom, Juma, 2 May 2025

Sening yo‘ling, ey Xudo, muqaddasdir.

Zabur 76:14

Odamlar bo‘lib o‘tgan voqeani ko‘rgani keldilar. Ular Isoning oldiga kelganlarida, jindan xalos bo‘lgan odamni ko‘rdilar. U odam kiyingan, aqli raso holda Isoning oyoq tomonida o‘tirardi. Ular buni ko‘rib, qo‘rqib ketishdi.

Injil, Luqo 8:35